16 Yanvar 2025 yil 1727

Uchko‘prik tumanida viloyat IIB rahbariyati tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Elyorbek G‘aniev boshchiligida Uchko‘prik tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabul davomida 22 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning 5 tasi ijobiy hal etildi, 7 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi, ko‘rib chiqish uchun muddat talab etilgan 9 tasi ijrosi nazoratga olinishini ta’minlandi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech