19 Yanvar 2023 yil 235

Viloyat IIB rahbariyati xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning oilasini yoʻqladi

Fargʻona viloyat IIB rahbariyati tomonidan muhim sanalar, bayram tadbirlari arafasida xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarni yod etish, ularning oilasi va farzandlariga mehr-muruvvat koʻrsatish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.

Jumladan, Vatanparvarlik oyligi doirasida Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov ichki ishlar organlarida xizmat qilgan va xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning xonadoniga bordi.

Mard oʻgʻlonlarning el-yurt osoyishtaligi yoʻlidagi fidoyi xizmatlari, qahramonliklari xotirlanib, ularning farzandlariga ezgu tilaklar birdirildi.

Shuningdek, yoʻqlab borilgan xonadonlarga turli bayram sovgʻalari ham taqdim etildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech