30 May 2023 yil 378

Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomonidan "Ma’naviyat oyligi" doirasida "Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

"Ma’naviyat oyligi" doirasida Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati rahbariyati tomonidan "Zakovat” hamda “Zukko kitobxon" intellektual oʻyinlarini tashkil etish belgilangan boʻlib, haftaning har shanba kunlari soha xodimlari oʻrtasida intellektual oʻyinlar an’anaviy tarzda, muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.


IIV Fargʻona akademik litseyida oʻtkazilgan navbatdagi bilimdonlar bahsi ham yuqori koʻtarinkilikda tashkil etildi. Unda viloyat ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmat xodimlari hamda akademik litsey oʻquvchilaridan iborat jamoalar oʻzaro kuch sinashdilar.

Yakunda esa eng bilimdon va kitobxon jamoaning qoʻli baland keldi.

Haftaning har shanba kuni an’naviy tarzda oʻtkazilayotgan mazkur intellektual bahslarda gʻolib boʻlgan va munosib ishtirok etgan xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirilishi rejalashtirilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech