30 May 2022 yil 261

VILOYAT IIB JAMOASI – "DINAMO" BIRINCHILIGI GʻOLIBI

Oʻzbek futbolining 100 yilligi munosabati bilan Fargʻona shahridagi FarDU oʻyingohida Fargʻona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida "Dinamo" birinchiligi futbol musobaqalari oʻtkazildi.

30-may kuni boʻlib oʻtgan final uchrashuvida esa Fargʻona viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Milliy gvardiyachilar bilan oʻzaro kuch sinashdilar. Yakuniy hisobga koʻra Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi 1:0 hisobi bilan gʻalaba qozondi.

Musobaqa yakunida gʻolib jamoa va faol ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻa va diplomlar bilan taqdirlandi.

Ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga musobaqa ramzi boʻlgan koʻchma kubok topshirildi.

Viloyat IIB Axborot xizmati.

Text to speech