21 Noyabr 2022 yil 476

Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, podpolkovnik Farruhbek Oʻsarov malaka oshirish kursida oʻqiyotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi

Fargʻonada profilaktika xizmati xodimlarining kasbiy va jismoniy tayyorgarliklari muntazam sinovdan oʻtkazilib, bilimlarini boyitish maqsadida Vazirlikning tegishli topshirigʻi bilan maxsus oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.

Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, podpolkovnik Farruhbek Oʻsarov Fargʻona shahridagi harbiy qism oʻquv bazasida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan xodimlar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar haqida soʻz yuritildi.

Ichki ishlar tizimida xizmat olib borayotgan har bir xodim eng avvalo xalq va Vatan manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻygan holda ish olib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Insonlarning kunduzi bexavotir yurishlari, tunda esa tinch orom olishlari uchun yurt posbonlari uyqusidan kechib, osoyishtalikni saqlab turishga mas’uldirlar.

Bu kabi oʻquv yigʻinlari esa xodimlarni ana shu mas’uliyatga munosib boʻlishga chorlaydi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech