17 Iyun 2023 yil 987

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzurida jamoatchilik kengashining maslahat yigʻilishi o`tkazildi

Barchamizga yaxshi ma’lumki, Davlatimiz rahbarining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari ijrosi doirasida, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan Vazirlik va barcha hududiy ichki ishlar boshqarmalarida Jamoatchilik kengashlari tuzilgan edi.

Kuni kecha Jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali tashkil etilish yuzasidan videokonferensiya oʻtkazildi.

Anjumanda markaziy studiyadan turib Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, genеral-mayor Azizbek Ikramov, Vazirlik jamoatchilik kengashi raisi va a’zolari, hududiy studiyalarda esa viloyat ichki ishlar boshqarmalari qoshidagi kengash a’zolari hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha boʻyicha ijtimoiy fikrni oʻrganish va tizimli monitoring olib borish Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy fikr va jamiyat manfaatlari hisobga olinishini ta’minlash choralarini koʻrish, ichki ishlar organlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari boʻyicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil oʻrganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazish ham kengashning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Tadbirda Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Akbar Yusupov hamda boshqarma qoshida tuzilgan jamoatchilik kengashining barcha a’zolari faol qatnashib, oʻzaro fikr almashdilar.

Jamoatchilik kengashi bu shunchaki qogʻoz qoralash uchun tuzilgani yoʻq, deyildi tadbirda. Kengash a’zolari ichki ishlar oraganlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirishda boshqarma rahbariyatiga har tomonlama yordam va maslahat beradi.

Shu bois kengash a’zolarining huquqlari hamda vakolatlarini puxta oʻrganib chiqish, ma’lumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, tadbirlar rejasini tuzish, hamkorlikda seminar va davra suhbatlari, maslahat va muhokama yigʻilishlarini muntazam ravishda tashkil etishga kelishib olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech