6 Sentyabr 2022 yil 357

Velosiped oʻgʻirlandi

Qoʻqon shahar. Xoʻqandiy mavzesidagi koʻp qavatli uyda yashovchi M.B ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 01-avgust kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni kirish yoʻlagida qarovsiz qoldirgan narxi 1.350.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech