Oʻzbekiston tumanida va’da qilingan ikki bosh qora mollarini pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzbekiston tumani. Yakkatut mahalla hududida yashovchi fuqaro Sh.O IIBga murojaat qilib, unda 10-may kuni 2021-yilning 22-mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan ikki bosh qora mollarini 11.500.000 soʻm evaziga sotib olishga kelishib, oldindan 1.500.000 soʻm pullarni berib qolgan 10.000.000 soʻm pullarni bir kun muddatda berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qora mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.I sodir sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati