Oʻzbekiston tumanida xonadondan temir oxir va darvoza oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston tumani. Farovon Kelajak MFYda yashovchi U.U IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 22-iyun kunidan 23-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs qurilishi tugallanmagan binosiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, bino hovlisida boʻlgan jami narxi 5.000.000 soʻmlik, 1 dona chorva mollarga yem-xashak berish uchun moʻljallangan temir oxir va 1 dona temirdan ishlangan darvozasini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.R. va M.M.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati