22 Iyul 2022 yil 410

Oʻzbekiston tumanida ogʻufurush qoʻlga tushdi

Oʻzbekiston tumani.2022-yilning 19-iyul kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va Rishton tuman IIB JQB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, B.X Oʻzbekiston tumani Avgʻon qishlogʻida joylashgan shoxbekatda “gashish” giyohvandlik moddasini jami 250.000 soʻmga sotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech