23 Noyabr 2021 yil 534

Uchkoʻprik tumanida fuqaroning uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanishni bahona qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

 

Uchkoʻprik tumani. 22-oktyabr kuni M.X IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentyabr oyida nomaʼlum shaxs M.O.ni ishonchiga kirib, narxi 4.500.000 soʻmlik “Samsung A10” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech