Uchkoʻprik tumanida giyohvandlik moddasini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Uchkoʻprik tumani. 2023-yilning 20-iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Anxor-boʻyi MFY.da yashovchi T.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 14 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati