Uchkoʻprik tumanida xonadonda “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlandi
Uchkoʻprik tumani.2022-yilning 15-iyul kuni, tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangibogʻ mahalla hududida yashovchi A.A ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, egnidagi shimining choʻntagida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati