5 Avgust 2023 yil 494

Uchkoʻprik tumanida “Zahri qotil” yetishtirgan erkak fosh boʻldi

Uchkoʻprik tumani. 2023-yilning 20-iyul kuni tuman TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Istiqbol MFY.da yashovchi Oʻ.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 16 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni yetishtirish qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech