9 Avgust 2022 yil 505

Toshloq tumanida “Damas” avtomashinasidan pul oʻgʻrilagan shaxs qoʻlga tushdi

Toshloq tumani.Fuqaro H.Z IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 24-iyul kuni noma’lum shaxs Shodlik mahalla hududida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan 8.260.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni X.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech