Kontrakt pullarni arzonroq toʻlashni oʻylagan fuqarolar firibgarning qoʻliga tushishdi
Fargʻona shahri: 2021-yil noyabr oyida Quva tumanida yashovchi fuqaro M.R. (ayol) jami 5 nafar fuqarolarga oʻzini Fargʻona davlat universiteti marketing boʻlimi xodimi deb tanishtirib, farzandlarini super kontrakt pullarini arzonlashtirib berishligini aytib, ulardan jami 45.000.000 va 500 AQSH dollori pullarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib pullarni oʻzini shaxsiy extiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati