Rishton tumanida giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Rishton tumani.2022-yilning 01-avgust kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Dutir mahalla hududida yashovchi N.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yotoqxonasidagi shkaf ichida qogʻozga oʻralgan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati