Rishton tumanidagi xonadonlarning biriga kirib jami 15.000.000 so'mlik mol-mulklarni o'g'rilab ketgan shaxs qo'lga olindi
2019 yil 1-dekabr kuni, Rishton tumani oq-tomir m.f.yda ro'yxatda turib, Rishton tumani anxor bo'yi m.f.yda yashovchi, o.N ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil noyabr oyi boshida, Obi-hayot ko'chasida hech kim yo'qligidan foydalangan noma'lum shaxs uyiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan narxi 8 000 000 so'mlik muzlatgich, 1 000 000 so'mlik changyutgich, 5 000 000 simlik televizor va 1 000 000 so'mlik suv isitish moslamasini (ariston) o'g'rilab, jami 15.000.000 so'mlik moddiy zarar etkazganligini ma'lum qilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumani oq-tomir m.f.yda yashovchi, muqaddam sudlanmagan, yollanma ishchi, 1996-y.t. R.U o'g'li sodir etganligi aniqlanib ushlangan. IIB tomonidan R.Uga nisbatan o'z.R. JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Farg'ona viloyati IIB huzuridagi TB boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik A.Usmonov