15 Iyul 2022 yil 409

Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

Margʻilon shahar. Q.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 04-iyul kuni noma’lum shaxs Yangiobod mahalla hududida oʻrindiq ustida qarovsiz qolgan narxi 1.000.000 soʻmlik 1 dona “RedMi -9S”  rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahrida IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIB JQB va Fargʻona viloyati IIB 1-mintaqaviy hudud PPX 1-batalon
1-guruh hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni, M.M sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech