26 Iyul 2022 yil 364

Margʻilon shahrida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Margʻilon shahar.2022-yilning 16-iyul kuni shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida K.M Kosibchilik mahalla hududida oʻzini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech