19 Iyul 2022 yil 563

Quva tumanida xonadondan televizor oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Quva tumani.2022-yilning 06-iyul kuni P.Gʻ “Rasta” mahallasi hududida yashovchi D.I.ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan narxi 950.000 soʻmlik “ЛГ” nomli televizorini yashirin ravishda oʻgʻirlab, Hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech