8 Iyun 2022 yil 569

Quva tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs fosh boʻldi

Quva tumani.2022-yilning 02-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Doʻstlik mahalla hududida T.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 36 tup kanabis va 15 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech