27 Iyul 2023 yil
430
Quva tumanida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Quva tumani. 2023-yilning 06-iyul kuni, tuman IIB JXX HPB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Iftixor MFY.da yashovchi I.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati