15 Avgust 2022 yil 461

Quvasoy shahrida “ogʻufurush” ayollar qoʻlga olindi

Quvasoy shahar.10-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va Quvasoy shahar IIB JQB xodimlari bilan hamkorligda oʻtkazilgan tadbir davomida Kokilon mahalla hududida Ya.M va U.M ismli ayollar bilan bir guruh boʻlgan holda 938 kg miqdordagi temir buyumlarni evaziga koʻk rangli qogʻozga oʻralgan gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Ya.M va U.M ismli ayollar protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech