17 Iyun 2022 yil 535

Quvasoy shahrida “Kaptiva” avtomashinasi olib beraman deb fuqaroni aldab pullarni qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Quvasoy shahar.2020-yilning yanvar oyida Sh.A tanishi A.X.ning ishonchiga kirib, unga arzon narxda “Kaptiva” rusumli avtomashina olib berishini aytib, undan jami 15.000 AQSH dollari pullarini olib firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech