Quvasoy shahrida aldov yoʻli bilan plastik kartadan pul yechib olgan shaxs javobgarlikka tortildi
Quvasoy shahar. Fuqaro I.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 02-iyun kuni noma’lum shaxs telegram kanali orqali muloqotga kirishib, oʻziga tegishli boʻlgan “PUBG” oʻyinidagi akkauntini 300.000 soʻmga sotishini, pullarni plastik kartaga tashlab berishini aytib, unga tegishli boʻlgan tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan, kompyuter texnikasidan foydalangan holda, jami 1.306.000 soʻm pullarini yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.I sodir etganligi aniqlanib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati