15 Iyun 2022 yil 529

Qoʻshtepa tumanida giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻshtepa tumani.09-iyun kuni tuman IIB va Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIED 2-mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta boltakoʻl mahalla hududida yashovchi M.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon hovlisidagi ustunda sariq rangli matoda koʻknor boshogʻi borligi va uyning yertoʻlasida oq rangli politilen qopda koʻknor somoni giyohvandlik moddalari saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech