2 Avgust 2023 yil 421

Qoʻqon shahrida “ogʻufurushlar” qoʻlga tushdi

 

Qoʻqon shahar. 2023-yil 25-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, I.A. va X.A.lar oldindan jinoiy til biriktirib, guruh boʻlgan holda, Oʻrda tagi koʻchasida maxsus xaridorga qonunga xilof ravishda 950 000 soʻm evaziga 2,99 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasini sotayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech