16 Dekabr 2022 yil 334

Qoʻqon shahrida avtomashina olib qochgan ayol va erkak qoʻlga olindi

Qoʻqon shahar.14-dekabr kuni soat 01:47 larda 1994-y.t. R.D va oʻzining jinoiy sherigi 2004-y.t. Sh.S ismli ayol hamda dastlabki tergov harakatlari davomida shaxsini aniqlashni imkoni boʻlmagan “I” ismli shaxs bilan oldindan jinoiy til biriktirib, A.Navoiy koʻchasidagi avtobus bekati oldiga kelib, 1989-y.t. Sh.R bilan oʻzaro gap talashib janjallashib, janjal davomida R.D fuqaro Sh.R.ning boshqaruvida boʻlgan “Нехиа-2” rusumli avtomashinasini olib qochib, ushbu avtomashinani A.Navoiy koʻchasiga tashlab avtomashinadan Sh.R.ga tegishli boʻlgan fuqarolik pasporti, haydovchilik guvoxnosi, sugʻurta polisi hamda avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi 227-moddasi 2-qismlari bilan (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, D.R va Sh.S ismli ayol protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech