25 Iyul 2023 yil 231

Qoʻqon shahrida “Ogʻufurush” qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahаr. 2023-yilning 19-iyun kuni IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Huqandiy mavzesidagi koʻp qavatli uyning oldida M.A 2.800 AQSH dollariga “Gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahаr IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech