Qoʻqon shahrida “Spark” avtomashina salonidan pul oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. Fukaro Sh.Q IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 20-iyul kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Spark” rusumli avtomashinasi salonidan 600.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati