Qoʻqon shahrida 300 AQSH dollarlik suv nasosini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. Sh.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 01-iyul kuni noma’lum shaxs Turkiston koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning yertoʻlasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 300 AQSH dollarlik 1 dona suv nasosini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati