7 Iyun 2022 yil 399

Qoʻqon shahrida avtomashina salonidan 400 AQSH dollari va 7.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. X.Dodxox koʻchasida yashovchi Yu.S IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-may kuni noma’lum shaxs yashash uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi salonidan 400 AQSH dollari va 7 000 000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech