Qoʻqon shahrida taqiqlangan vositalarni yonidan saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 14-iyul kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Poʻstindoʻz koʻchasida turgan M.A.ga qarashli “Matiz” rusumli avtomashina saloni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, M.A.ning yonidan “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati