2 Avgust 2023 yil
564
Qoʻqon shahrida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga xizmat koʻrsatgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. 2023-yilning 20-iyul kuni N.M muqaddam MJtKning 191-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan boʻlsada, Turon koʻchasida joylashgan “Paynet” shoxobchasida onlayn tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga internet jahon axboroti orqali xizmat koʻrsatish maqsadida “1ХБЕТ” oʻyini uchun tegishli ID raqamli akkauntiga jami 320 000 soʻm pul mablagʻlarini oʻtkazishni amalga oshirgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati