Qoʻqon shahrida tilla-taqinchoqlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan firibgar aniqlandi
Qoʻqon shahar.N.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 17-aprel kuni noma’lum shaxs Tadbirkorlar koʻchasida umumiy narxi 2.000.000 soʻmlik bir juft tilla zirak va bir dona tilla uzuklarini sotishda yordam berishligini pulini ikki kun muddat ichida olib kelib berishligini yolgʻondan aytib, tilla-taqinchoqlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati