Qoʻqon shahrida tanishini aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Buvayda tumani.2022-yilning 05-may kuni K.X Yangiqadam mahalla hududida tanishi R.I.ni ishonchiga kirib, ikki bosh qora mollarini 38.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 20.000.000 soʻm pullarini berib, qolgan 18.000.000 soʻm pullarini bir oy muddat ichida berishini aytib, ikki bosh qora mollarini olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qora mollarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati