12 Iyul 2022 yil 508

Qoʻqon shahrida velosiped oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qoʻqon shahar.Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 4-iyul kuni noma’lum shaxs Furqat koʻchasida joylashgan qurilish materiallari sotish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni oldida turgan umumiy narxi 1.300.000 soʻmlik 1 dona velosipedini oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona viloyati IIB ikkinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 2-gurux xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.Z sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech