Qoʻqon shahrida ogʻufurush qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.13-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Movoraunnaxir koʻchasida joylashgan market yonida D.A 200.000 soʻm pul evaziga gashish giyohvand moddasini sotayotgan vaqtida ushlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati