20 Iyul 2022 yil 413

Qoʻqon shahrida ayollar hamyoni ichidan “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 18-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Qashqadaryo koʻchasida yashovchi T.N ismli ayolni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda xonadonidan ayollar hamyoni ichidan “gashish” giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlanib, daliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech