Qoʻqon shahrida “Spark” rusumli avtomashina salonida gashish giyohvandlik moddasi topildi
Qoʻqon shahar. 08 fevralʼ kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Malik koʻchasi joylashgan “Mini food” nomli oshxonasi oldida toʻxtab turgan N.V.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasi va uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan vaqtda ushbu avtomashina salonida boʻlgan ikki dona uzunchoq shakldagi gashish giyoxvandlik moddasiga oʻxshash modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati