29 Aprel 2022 yil 534

Qoʻqon shahrida psixotrop dori vositalarini sotayotgan аyol qoʻlga olindi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 26-aprel kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, S.O ismli аyol Muqimiy shaharchasi MFY hududidagi koʻp qavatli uy oldida 13 dona “Tramadol Lannaxer”, 3 dona “regapen” va 1 dona “tropikamid” nomli psixotrop dori vositalarini 500.000 soʻm evaziga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Қўқон шаҳрида психотроп дори воситаларини сотаётган aёл қўлга олинди

Text to speech