Qoʻqon shahrida mehmonxonadan maishiy texnikalarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.Fuqaro Q.A IIBga murojaat qilib, unda 19-sentabr kuni noma’lum shaxs A.Xoʻqandiy mavzesida joylashgan mehmonxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 20.000.000 soʻmlik ikki dona televizor hamda maishiy texnikalarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻirlik) “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati