Qoʼqon shahrida giyohvandlik savdosi bilan shugʼullanayotgan shaxs aniqlandi
Qoʼqon shahar. 28 mart kuni shahar IIB xodimlari va Milliy gvardiya boshqarmasining harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Huqandiy mavzesida joylashgan koʼp qavatli uy oldida M.R qonungi xilof ravishda 400.000 evaziga gashish giyohvandlik vositasini sotayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʼligʼingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati