29 Noyabr 2021 yil 528

Furqat tumanida “marixuana” saqlagan shaxs qo‘lga tushdi

 

Furqat tumani. 20 noyabr kuni viloyat va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ingichka MFY hududida yashovchi T.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech