Furqat tumanida avtomashina olib berishni aytib va’dasida turmagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Furqat tumani.Fuqaro Y.J IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 18-mart kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, unga “Lasetti-2” rusumli avtomashina olib berishligini va’da qilib, undan oldindan avtomashina uchun 5.000 AQSH dollar miqdoridagi pulini olib, ushbu pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati