20 Noyabr 2021 yil 518

Furqat tumanida yashovchi fuqaro telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali begona shaxsning vaʼdalariga ishonib pul mablagʻlaridan ayrildi

 

Furqat tumani. 12-noyabr kuni fuqaro A.O. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning may oyida nomaʼlum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, zotli qoʻylarni olib berishini aytib, oldindan 3.000.000 soʻm pullarni plastik kartasiga tushirib olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pulni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.  

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech