22 Iyul 2022 yil 477

Furqat tumanida xonadon yertoʻlasidan ogʻu topildi

Furqat tumani.2022-yilning 19-iyul kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Boltakoʻl mahalla hududida yashovchi Yu.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yertoʻlasida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech