Furqat tumanida xonadondan 10.000.000 soʻm puli va 300 AQSH dollar pullarni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Furqat tumani. Polvontosh qishlogʻida yashovchi fuqaro M.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 08-noyabr kuni yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi shkaf ustida turgan 10.000.000 soʻm puli va 300 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati