15 Avgust 2022 yil 207

Fargʻona viloyatida 2 nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi

Quvasoy shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Sh.J.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Toshloq tumani IIB JQB va boshqarma TQXB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ( firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi qidiruv e’lon qilingan X.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech